Live
1
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Boks bo'yicha bahslarda Jahongir Zokirov yarimfinalga chiqdi

Boks
27 sentabr, 07:01
O‘zbekistonlik bokschi chorakfinalda tojikistonlik Muhammad Abroriddinovni mag‘lub etdi.
Osiyo o‘yinlari. Boks bo'yicha bahslarda Jahongir Zokirov yarimfinalga chiqdi
Foto: OlympicUz

+90 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jahongir Zokirov Osiyo o‘yinlarining chorakfinal bahsida ringga ko‘tarildi.

Unda bokschimizga Tojikiston vakili Muhammad Abroriddinov raqiblik qildi. Bahs davomida Zokirov tashabbusni o‘z qo‘lida ushlab, raqibiga imkoniyat qoldirmadi.

Hakamlar yakuniy hisobda o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi — 5:0. Shu tariqa Jahongir Zokirov musobaqaning yarimfinal bosqichiga yo‘l oldi.

Bugungi yangiliklar