O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hamyurtimiz ikki mashq yakuniga ko‘ra jami 423 kilogramm natija qayd etib, o‘z vazn toifasida mutlaq g‘oliblikka erishdi. Shu tariqa, Akbar Jo‘rayev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Sportchimiz musobaqa davomida nafaqat chempionlikni qo‘lga kiritdi, balki bir qator rekordlarni ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqida 197 kilogramm natija bilan yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish dasturlarida Osiyo rekordlarini ham yangiladi. Natijada Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini oltin medal va bir qator rekordlar bilan yakunladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi