O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hamyurtimiz musobaqaning dast ko‘tarish mashqida 197 kilogramm natija ko‘rsatib, yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi vakili qit’aning nufuzli musobaqasida yana bir yuqori natijani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishdagi muvaffaqiyatli chiqishi orqali o‘zining yuqori sport formasida ekanini yana bir bor namoyish etdi. 197 kilogrammlik natija endi ushbu mashq bo‘yicha yangi jahon rekordi sifatida qayd etiladi.
Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha bahslar davom etmoqda. Endi Akbar Jo‘rayev siltab ko‘tarish mashqida ham o‘z imkoniyatini sinab ko‘radi. Ushbu mashqdagi natijadan so‘ng sportchimizning musobaqadagi yakuniy ko‘rsatkichi ma’lum bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi