Bugun
27
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Akademik eshkak eshuvchilarimiz yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
24 sentabr, 04:40
    8
Vakillarimiz uch dasturda 2 kumush va 1 bronza medal sohibi bo‘ldi.
Osiyo o‘yinlari. Akademik eshkak eshuvchilarimiz yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ

O‘zbekiston akademik eshkak eshuvchilari Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yana uchta medal bilan yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayollar o‘rtasidagi W2- juftlik dasturida Aydana Smetullayeva va Anna Aksyonova marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasidagi M4x dasturida Davrjon Davronov, Shahboz Holmurzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Pavel Sorindan iborat kvartet uchinchi natijani qayd etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

M4- dasturida esa Dilshod Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Alisher Turdiyev va Maksim Golubevdan iborat ekipaj ikkinchi o‘rinni egallab, delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medal qo‘shdi.

Shu tariqa, vakillarimiz ushbu uch dasturda 2 kumush va 1 bronza medal sohibi bo‘ldi. Avvalroq Vladimir Sеchnikov o‘q otish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritgani ma’lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar