"Xorazm" klubi Turkiya yig'ini doirasidagi ilk o'rtoqlik bahsini Moldova yuqori divizionida 2-o'rinni egallab turgan "Zimbru" jamoasiga qarshi o'tkazib, yakunda durangga imzo chekdi.
Xorazmliklar safida Diyorbek Ortiqboev yagona golni penaltidan urdi. Avvalroq "Xorazm" Sergey Tokovni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazgani ma'lum qilingandi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Xorazm — Zimbru 1:1
Gollar: Ortiqboev 13 (pen).
Xorazm: Muhammadjonov, Hamidjonov, Ortiqboev, Otahonov, Pirmuhammedov, Abduxoliqov, Sabino, Nugmanov, Abduhamidov, Olimov, Yezhov.