Oʻzbekiston U-18 jamoasi Ozarbayjon U-18ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi va yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Ozarbayjon Shahismayil Jafarovning 16-daqiqada urgan goli evaziga oldinga chiqib olgandi. Biroq Quvonch Abrayev 25 va 57-daqiqalarda gol urib, Oʻzbekistonni ustunligini taʼminladi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Diyor Tojiboyev uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.
Eslatib oʻtamiz, jamoalar oʻrtasidagi dastlabki bahs 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlangandi.
Oʻzbekiston U-18 — Ozarbayjon U-18 3:1
Gollar: Quvonch Abrayev (25, 57), Diyor Tojiboyev (90+3) — Shahismayil Jafarov (16).
Boshlangʻich tarkib:
1. Alishan Abdutolipov
3. Ozod Odiljonov
4. Behruz Karimov
5. Azizbek Toʻlqinbekov (s)
7. Quvonch Abrayev
8. Abdulfayz Bobomurodov
11. Ulugʻbek Maratov
14. Quvanish Saydaliyev
18. Shorahim Shorahmedov
19. Muhammadali Dilshodbekov
22. Davron Toʻlaganov
Zaxira: Tojiboyev, Adhamov, Odinayev, Masharipov, Soliyev, Erkinov, Najmiddinov, Ahmadov, Omonkeldiyev, Tojiyev, Jumaboyev, Abdumannopov.