O‘rtoqlik o‘yini doirasida «Liverpul» «Rekshem» bilan kuch sinashdi.
Unda «qizillar» minimal 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mersisaydliklar safida yagona golga Rio Ngumoha mualliflik qildi.
Ma'lumot o‘rnida, «Liverpul» APL yangi mavsumidagi ilk o‘yinini «Nyukasl»ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bellashuv 23 avgust kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq 6 ta gol urilgan bahsda «qizillar» «Sanderlend»dan ustun kelgani ma'lum qilingandi.
O‘rtoqlik o‘yini.
30 iyul, Bronks (AQSH).
Liverpul — Rekshem 1:0
Gol: Ngumoha 75.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi