Live
6
O'zbek

«Nyukasl» Elliot Andersonni jamoaga qaytarmoqchi

Futbol
12 oktabr, 10:38
22 yoshli yarimhimoyachi 2024 yildan klubni tark etgandi.
«Nyukasl» Elliot Andersonni jamoaga qaytarmoqchi
FOTO: Getty Images

«Nottingem Forest» markaziy yarimhimoyachisi Elliot Anderson yaqin vaqtlar ichida sobiq jamoasi — «Nyukasl»ga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, «hakkalar» oʻz akademiyasi tarbiyalanuvchisini qaytarib olish niyatida. Anderson 2024 yilda moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli klubni tark etgan edi.

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau ham oʻsha paytda futbolchining sotilishidan norozi boʻlganini tan olgan.

Maʼlumot uchun, 22 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 32 million yevroga baholanmoqda.

Bugungi yangiliklar