Live
1
O'zbek

Novak Jokovich Pekinda o‘tkazilgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

Tennis
6 oktabr, 10:36
Serbiyalik tennischi hal qiluvchi bahsda avstraliyalik Aleks de Minaur ustidan g‘alaba qozondi.
Novak Jokovich Pekinda o‘tkazilgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning 24 karra chempioni serbiyalik tennischi Novak Jokovich Xitoyning Pekin shahrida o‘tkazilgan ATP-500 turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Final bahsida avstraliyalik tennischi Aleks de Minaur sonidan olgan jarohati tufayli uchrashuvni yakunlay olmadi.

O‘yin to‘xtatilganda tablodagi hisob - 7:6 (7:3), 0:1 ko‘rinishida edi. Birinchi setda murosasiz kurashda omad Novakka kulib boqqandi, ikkinchi setning dastlabki geymini qo‘lga kiritganiga qaramay, Aleks bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Uchrashuv 1 soat 23 daqiqa davom etdi. Uning doirasida Jokovich bir marta ham eys amalga oshira olmadi, birorta ham qo‘shaloq xatoga yo‘l qo‘ymadi va ikkita breyk-poyntning bittasidan ham unumli foydalana olmadi. O‘z navbatida De Minaurning hisobida to‘rtta eys, ikkita qo‘sh xato bor edi.

Ma’lumot uchun, Jokovich uchun Pekindagi chempionlik unvoni mavsumdagi birinchi va faoliyatidagi 102-chisi bo‘ldi. Bundan tashqari, 39 yoshli Novak faoliyatida yettinchi marta ushbu «besh yuzlik» musobaqasida sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bugungi yangiliklar