Live
1
O'zbek

«Nottinghem Forest» Igor Tiyago uchun 82 mln yevro taklif qildi

Futbol
23 avgust, 04:43
«Brentford» hujumchisi faoliyatini Angliyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
«Nottinghem Forest» Igor Tiyago uchun 82 mln yevro taklif qildi
Foto: Gettyimages

«Brentford» hujumchisi Igor Tiyago «Nottinghem Forest» safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «o‘rmonchilar» Tiyago uchun 82 million yevrolik taklif yuborgan. Braziliyalik futbolchining «Brentford» bilan uzoq muddatli shartnomasi bor, biroq ko‘plab klublar tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgani tufayli uning transferi amalga oshishi mumkin.

25 yoshli Tiyago «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda «Brentford»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Jamoasining 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasiga qaramay, forvard 83 daqiqa davomida birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Ma’lumot uchun, Tiyagoning «Brentford» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.

Bugungi yangiliklar