Neftchi iste'dodli hujumchi, O‘zbekiston U-17 jamoasi a’zosi Nurbek Sarsenbaev bilan shartnoma rasman tuzdi. Bu haqda farg‘onaliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Nurbek Sarsenbaev 2008 yil 27 sentabr kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2023 yilda "Orol" jamoasida boshlagan.
2025 yildan Nukusning Proligadagi yana bir vakili "Jayhun" klubi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.
Bu yil 17 yoshli futbolchilar o‘rtasida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida O‘zbekiston (U-17) jamoasi sharafini himoya qilgan Nurbek Sarsenbaev oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq "Neftchi" Kojoni "Istiqlol"dan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.