O'zbekistonda yozgi transferlar oynasi yopilishiga sanoqli soatlar qolmoqda.
«Nasaf» Adenis Shala transferini e'lon qildi. Albaniyalik 26 yoshli futbolchi 2-davradan boshlab «ajdarlar» sharafini himoya qiladi.
Qarshiliklar albaniyalik hujumkor yarimhimoyachi Adenis Shala bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
Shala faoliyati davomida Xorvatiya, Turkiya, Kosovo va Shimoliy Makedoniya klublarida to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi Shimoliy Makedoniyaning kuchli jamoalaridan biri — «Shkendiya» bo‘lgan.
