Live
4
O'zbek

«MYu» Lyuis Holl uchun besh nafar muqobil futbolchini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
23 avgust, 07:54
Manchester klubi Lyuis Holl transferi amalga oshmasa, besh futbolchini muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.
«MYu» Lyuis Holl uchun besh nafar muqobil futbolchini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun «Nyukasl» futbolchisi Lyuis Hollni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq «qizil iblislar» 21 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun tarixdagi eng qimmat chap qanot himoyachisiga aylantiradigan taklif bilan chiqishi kerak bo‘lishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Holl transferi amalga oshmagan taqdirda besh nafar futbolchini muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ular:

Xorxe Salinas («Rasing» Santander);

Aleks Balde («Barselona»);

David Raum («RB Leyptsig»);

Entoni Robinson («Fulhem»);

Adrien Tryuffer («Bornmut»).

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» «Nyukasl»ning Hollni sotmaslik borasidagi qat’iy pozitsiyasini sinab ko‘rishga tayyor. Shunga qaramay, mankunianliklar 21 yoshli himoyachi uchun 70 million funt (82 million yevro) atrofidagi summani taklif qilishi ehtimoli past.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» yangi mavsumning ilk turida «Hall Siti»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mankunianliklar navbatdagi turda 30 avgust kuni «Ipsvich»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar