Live
10
O'zbek

Muxlislari Jotaning nomini aytib, Neveshni provokatsiya qilgani uchun «At-Taavun» klubi jazolandi

Futbol
16 sentabr, 11:50
Jarimadan tashqari, klub keyingi ikki uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazadi.
Muxlislari Jotaning nomini aytib, Neveshni provokatsiya qilgani uchun «At-Taavun» klubi jazolandi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi vafot etgan portugaliyalik futbolchining familiyasi muxlislar tomonidan aytilganidan so‘ng «At-Taavun» klubiga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi.

Jamoa muxlislari Saudiya Arabistoni chempionatining 7-turidan o‘rin olgan «Al Hilol»ga (0:6) qarshi uy o‘yinida Jotaning familiyasini aytib qichqirishdi. Bu orqali ular raqib jamoaning portugaliyalik yarim himoyachisi, Jotaga yaqin do‘st bo‘lgan Ruben Neveshni provokatsiya qilishga uringan. Bellashuv 12 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgandi.

Mahalliy intizom qo‘mitasi klubga 100 000 rial (23 110 yevro) miqdorida jarima soldi. Shuningdek, «At-Taavun»ning keyingi ikki uy o‘yinini muxlislarsiz, ya’ni bo‘sh tribunalar oldida o‘tkazishga qaror qilindi.

Nevesh va Jota
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Al-Tawun Al-Tawun
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar