Live
1
O'zbek

Musiala, Adeyemi, Girassi — Bundesligada transfer narxi eng pasaygan futbolchilar o'nligi e'lon qilindi

Futbol
28 may, 01:29
Harri Keynda ham pasayish kuzatildi.
Musiala, Adeyemi, Girassi — Bundesligada transfer narxi eng pasaygan futbolchilar o'nligi e'lon qilindi
Фото: Getty Images

Transfermarkt portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Bundesliganing eng ko'p narxi pasaygan futbolchilari antireytingini e'lon qildi.

Eng katta pasayish «Bavariya» yarimhimoyachisi Jamol Musialada kuzatildi. Uning transfer qiymati birdaniga 20 mln yevroga arzonlashdi.

Qizig'i shundaki, kuchli o'ntalikdan Musialaning yana uch nafar jamoadoshi, jumladan, hujumchi Harri Keyn ham joy olgan. Ingliz futbolchisining narxi 5 mln yevroga pasaygan.

Bundesliganing narxi eng ko'p pasaygan futbolchilari — top-10 (27 may, 2026 yil):

1. Jamol Musiala («Bavariya») — 100 mln yevro (-20 mln yevro).

2. Karim Adeyemi («Borussiya D») — 40 mln yevro (-10 mln yevro).

3. Seru Girassi («Borussiya D») — 32 mln yevro (- 8 mln yevro).

4. Muhammad Amura («Volfsburg») — 20 mln yevro (- 7 mln yevro).

5. Fabiu Silva («Borussiya D») — 22 mln yevro (- 6 mln yevro).

6. Harri Keyn («Bavariya») — 60 mln yevro (- 5 mln yevro).

7. Alfonso Devis («Bavariya») — 40 mln yevro (- 5 mln yevro).

8. Yozua Kimmix («Bavariya») — 35 mln yevro (-5 mln yevro).

9. Jonatan Burkardt («Ayntraxt») — 30 mln yevro (-5 mln yevro).

10. Eksekiel Palasios («Bayer») — 25 mln yevro (5 mln yevro).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar