Live
8
O'zbek

Moize Ken “Al Hilol”ning taklifini rad etdi

Futbol
14 iyul, 09:08
U Yevropada qolishni xohlamoqda.
Moize Ken “Al Hilol”ning taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

“Fiorentina” hujumchisi Moize Ken Yevropada qolishni xohlamoqda, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, italiyalik 25 yoshli futbolchiga “Al Hilol” jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq Ken faoliyatini Yevropada davom ettirishni istamoqda va Saudiya klubining taklifini rad etdi.

O‘z navbatida “binafshalar” ham hujumchini jamoada olib qolmoqchi va tez orada shartnomani 2030 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi.

Futbolchi bitimning muddatini uzaysa, yiliga 4,5 million yevro maosh oladi.

O‘tgan mavsumda Moize “Fiorentina” safida barcha turnirlarda 44 o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 4 assist qayd etdi.

Avvalroq italiyalik mutaxassis Stefano Pioli “Fiorentina” bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Bugungi yangiliklar