Live
6
O'zbek

«Milan» Tomori bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni boshladi

Futbol
12 oktabr, 23:48
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
«Milan» Tomori bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni boshladi
FOTO: Getty Images

«Milan» 27 yoshli himoyachi Fikayo Tomori bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, klub tez orada Aleksis Salemaekers va Kristian Pulisichga ham yangi shartnoma taklif etishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Milan» Tomorining amaldagi shartnomasi muddati tugashiga ikki yildan kam vaqt qolganini inobatga olib, bu masalani kechiktirmasdan hal etmoqchi. Klub rahbariyati futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, unga uch yillik yangi bitimni hozirgi maosh — 3,5 million yevro bilan taklif qilgan.

Joriy mavsumda Tomori A Seriyada olti uchrashuv, Italiya kubogida esa ikki o‘yinda maydonga tushgan. U o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Bugungi yangiliklar