«Milan» klubi asosiy darvozaboni Mayk Menyan bilan shartnomani yangilash borasidagi muammolar tufayli uning o'rniga yangi posbon izlashni boshlab yubordi. La Gazzette dello Sport nashrining yozishicha, «rossonerilar» radariga ikki nomzod tushgan.
Manbaga koʻra, «Milan» rahbariyati «Parma« darvozaboni Dzion Sudzuki va «Frayburg» posboni Noa Atubolu bilan qiziqmoqda. Klub 2026 yilda ushbu futbolchilardan birini sotib olish boʻyicha faol harakatlarni boshlashi mumkin.
Joriy mavsumda Sudzuki barcha turnirlarda 8 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol oʻtkazib yuborgan. Uning «Parma» bilan amaldagi shartnomasi toʻrt yildan soʻng yakuniga yetadi.
Atubolu esa «Frayburg» safida 9 ta oʻyinda maydonga tushgan, ulardan 3 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Germaniyalik posbon bu oʻyinlarda jami 11 ta gol oʻtkazib yuborgan.