2026 yildagi jahon chempionati xavf ostida qolmoqda.
Turnirga Meksika, AQSH va Kanada mezbonlik qilishi kerak edi. Biroq Meksikada boshlangan jiddiy ichki muammolar ayrim oʻyinlarni koʻchirishga sabab boʻlishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatning bir nechta shahrida jinoiy guruh yetakchilaridan biri oʻldirilganidan soʻng kartellar urushi boshlangan. Kartellarning jangovar guruhlari esa professional harbiylar va xususiy harbiy tashkilotlar yollanma askarlaridan iborat. Shu bois xavf darajasi ham, jangovar harakatlar koʻlami ham yuqori hisoblanmoqda.
Jinoiy kartellar oʻrtasidagi ziddiyatlarga Meksika armiyasi ham aralashgan. Mamlakatda mahalliy chempionat oʻyinlari allaqachon bekor qilingan.
2026 yildagi jahon chempionatida muxlislar xavfsizligi masalasi esa ochiq qolmoqda. Shu sababli turnirning ayrim bahslari xavfsiz hududlarga koʻchirilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy jamoasining guruh bosqich ilk turidagi Kolumbiyaga qarshi oʻyini aynan Meksikada boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgandi. Bellashuvga poytaxt Mexikodagi Estadio Azteca oʻyingohi mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.