«Real» hujumchisi Kilian Mbappening onasi Fayza Lamari o'g'lining mashhurligi va shaxsiy hayoti haqida gapirib berdi.
«Maydonda u oʻzini ancha sokin his qiladi, ammo undan tashqarida emas. Futbol tashqarisida Kilianning hayoti deyarli yoʻq, lekin u bu yoʻlni oʻzi tanlagan. Oʻtgan yili ishlar unchalik yaxshi ketmayotganda u bilan suhbatlashdim. Undan: «Balki hayotingda biror qiz bo'lishini istarsan?», deb soʻradim. Kilian esa: «Bu tartibsizlik orasida ayolni ko'ryapsanmi oʻzi?», deb javob berdi.
Baʼzan u shunchaki Peugeot 206 mashinasida shahar atrofidagi yoʻlda aylanib, oddiy hayotni his qilmoqchi boʻlardi. Endi esa u ko'chalarda bemalol yura olmaydi. Bu holat meni xafa qiladi», — dedi Lamari.
Maʼlumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.