Fransiya milliy jamoasi mart oyidagi yig‘in uchun tarkibini e’lon qildi. Unda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe ham bor.
Futbolchi yaqinda tizzasidagi jarohatdan tiklangan va yana «uchranglilar» safida maydonga tushishga tayyor.
Bosh murabbiy Didye Desham quyidagi futbolchilarni chaqirdi:
Darvozabonlar: Shevalye, Menyan, Samba
Himoyachilar: Din, Gyusto, Teo Ernandes, Lyuka Ernandes, Kalulu, Konate, Saliba, Upamekano
Yarimhimoyachilar: Kamavinga, Kante, Kone, Rabyo, Chuameni, Zair-Emeri
Hujumchilar: Aklyush, Sherki, Dembele, Due, Ekitike, Kolo-Muani, Mbappe, Olise, Tyuram
Qayd etish joiz, Fransiya milliy jamoasi ushbu yig‘in doirasida AQShda ikkita o‘rtoqlik bahsi o‘tkazadi: 26 mart kuni Braziliyaga, 29 mart kuni esa Kolumbiyaga qarshi.