"Real" hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Indykaila News xabar berdi.
"Manchester Siti" braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Vinisiusning bu yozdagi shartnoma holati ma'lum darajada savollar uyg'otayotgani bois "shaharliklar" uni kelasi yozda sotib olish imkoniyatini ko'rmoqda.
"Manchester Siti" ushbu transferni amalga oshirish uchun jiddiy tarzda harakat boshlashni rejalashtirmoqda. Qayd etish lozim, vingerning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Avvalroq "Real" va Vinisius yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.