UFC sobiq chempioni Konor Makgregor faoliyatidagi so'nggi jangini 2027 yilda tizzasidagi jarohatdan to'liq tiklanganidan keyin o'tkazishni rejalashtirmoqda.
"Asr jangiga aylanishi kerak bo'lgan to'qnashuv endi qayta boshlanishga aylanadi. 2027 yilgi International Fight Week. So'nggi raqs.
Oq-zarg'aldoq-yashil mashina yana oktagonga qaytmoqda. Kech qolganim uchun uzr. Kelasi yili albatta ko'rishamiz", — deb yozdi Makgregor.
Ma'lumot o'rnida, Konor Maks Xolloueyga qarshi jangning ilk soniyalarida hay-kik berishga uringan paytda tizzasining oldingi xochsimon paylarini uzib olgan va mag'lub bo'lgan edi.