Live
6
O'zbek

Luis Enrike «PSJ»da doimiy rotatsiyani joriy qildi

Futbol
20 sentabr, 05:28
Parijliklar bosh murabbiyi asosiy tarkibdagi futbolchilar uchun kafolatlangan joylar bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Luis Enrike «PSJ»da doimiy rotatsiyani joriy qildi
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoada asosiy tarkibdagi doimiy rotatsiya tizimini joriy qildi. Endilikda hech bir futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaydi. Bu haqda L’Ekip nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Usmon Dembele va Xvicha Kvaratsxeliya kabi yetakchi futbolchilar ham bahs davomida yaxshi o‘yin ko‘rsatmasa, tanaffusdayoq almashtirilishi mumkin. Shuningdek, murabbiy ayrim futbolchilarni zaxirada qoldirishi yoki ularga dam berishi mumkin.

Ushbu siyosatdan faqat yarimhimoyachi Vitinya mustasno bo‘ladi. Portugaliyalik futbolchi Luis Enrike jamoasida o‘yin uslubini belgilab beruvchi asosiy futbolchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

L’Ekip yozishicha, bunday yondashuvdan maqsad jamoaning yulduz futbolchilarini qulaylik zonasidan chiqarish va raqiblar uchun kutilmaganlik omilini saqlab qolishdan iborat.

Shu bilan birga, klubda qat’iy rotatsiya ayrim xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham tushunishmoqda. Jumladan, yetakchi futbolchilarning noroziligi yoki ruhiy charchoqqa duch kelishi ehtimoli mavjud. Shunga qaramay, manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari Luis Enrikening ushbu yondashuvini umuman qabul qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Luis Enrike «PSJ» bosh murabbiyi sifatida jamoada yuqori intensivlik va raqobatga asoslangan o‘yin tizimini shakllantirishga e’tibor qaratmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar