Bugun
17
O'zbek

Luis — "Bayer" bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar

Futbol
27 may, 15:01
Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan.
Luis — "Bayer" bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar
Фото: Getty Images

Braziliyalik mutaxassis Filipe Luis "Bayer" klubi bosh murabbiyligiga juda yaqin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Bundesliga vakili yangi bosh murabbiy qidirmoqda va 40 yoshli mutaxassis ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda.

"Dorishunoslar" short-listida bir nechta nomzodlar bo'lishiga qaramay, rahbariyat Luis nomzodini ma'qullamoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan.

Ma'lumot uchun, Filipe Luisning so'nggi ish joyi Braziliyaning "Flamengo" klubi bo'lib, u yerda 2024 yildan 2026 yilgacha faoliyat yuritgan. Jamoa bilan Libertadores kubogi g'olibligini qo'lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
Bugungi yangiliklar