Bugun
58
O'zbek

«Lester» Angliya chempionatining uchinchi divizionida oxirgi o‘ringa tushib ketdi

Futbol
7 sentabr, 22:30
    15+
Jamoa besh turdan so‘ng 5 ochko jamg‘argan.
«Lester» Angliya chempionatining uchinchi divizionida oxirgi o‘ringa tushib ketdi
Foto: Getty Images

Angliya chempioni bo‘lgan «Lester» qulashda davom etmoqda.

Jamoa Angliya futbolida daraja jihatidan uchinchi divizion hisoblangan Lig One turnir jadvalining 17-o‘rniga tushib ketdi. O‘tgan dam olish kunlari klub «Oksford»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Endi jamoa besh turdan so‘ng 5 ochko jamg‘argan — bir g‘alaba, ikki durang va ikki mag‘lubiyat. Shu bois klubning yangi bosh murabbiyi Rassel Martinning ham o‘rni xavf ostida qoldi.

Klubni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgan muxlislar murabbiyni yetarlicha salohiyatli deb hisoblamay, uning iste’foga chiqishi talabini tobora balandroq ovozda bildirmoqda.

«Stokport»ga qarshi keyingi uchrashuv Martin uchun eng muhim sinov bo‘ladi. Bellashuv 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Lester»ning sotuvga qo‘yilgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lester Lester
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar