Ispaniya chempionatida ham mavsum yakuniga yetdi.
3-o'rin masalasini hal qilgan so'nggi o'yinda «Vilyarreal» (72) «Atletiko»ga (69) 5 ta gol urib, ligada «Barselona» va «Real»dan keyingi jamoaga aylandi.
Simeone jamoasi esa durang ham qoniqtiradigan bahsda qaqshatqich mag'lubiyatni qabul qilib olib, mavsumni 4-o'rinda va sovrinsiz yakunladi. Bu Grizmanning Madrid klubidagi so'nggi o'yini bo'ldi.
La Liga. 38-tur
Vilyarreal — Atletiko 5:1
24 may, «Keramika»
Gollar: Parexo (30, penalti), Peres (34, 54), Mikautadze (40), Guye (45) — Pubil (43).
Vilyarreal — Tenas, Mourinyo, Navarro, Marin, Pedrasa (Kardona, 67), Pepe, Guye (Kosta, 75), Parexo (Diatta, 66), Moleyro, Peres (Kabanes, 75), Mikautadze (Masiya, 89).
Atletiko — Musso, Lorente, Pubil (Rujeri, 46), Langle, Hansko (Purich, 46), Baena (Morsillo, 61), Koke, Vargas, Simeone (Syorlot, 46), Grizmann, Lukman (Bonar, 61).
Ogohlantirish: Simeone (27).
