«Kopenhagen» yarimhimoyachi Aleks Kralni erkin agent sifatida oʻz safiga qoʻshib olganini rasmiy eʼlon qildi.
28 yoshli chex futbolchisi Daniya klubi bilan 2028 yil 30 iyungacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Kralning soʻnggi klubi Berlinning «Union» jamoasi boʻlgan. Shuningdek, u faoliyati davomida «Espanyol», «Spartak», «Shalke» va «Vest Hem» klublarida ham harakat qilgan.
«Kopenhagen» Chexiya yarimhimoyachisi Kralni oʻz safiga qoʻshib oldi
Futbol
17 iyul, 05:55
«Vest Hem» va «Espanyol» sobiq futbolchisi faoliyatini Daniyada davom ettiradi.
Foto: FC Kobenhavn