UFC'ning sobiq chempioni Konor Makgregor tizzasidagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qildi.
«Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi», — deb yozdi irlandiyalik sportchi ijtimoiy tarmoqda.
Konor UFC 329 turnirida Maks Holloueyga qarshi jang vaqtida jarohat olgandi. Uning aytishicha, tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lamlar va meniski shikastlangan.
Avvalroq UFC rahbari Dana Uayt Konorning jarohat sababli kamida bir yil janglarda ishtirok etolmasligini ma'lum qilgandi.
Konor tizzasidan operatsiya qilindi
MMA
6 avgust, 07:45
Sobiq chempion operatsiya muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qildi.
Foto: Getty Images