Live
2
O'zbek

«Katta dubulg‘a» musobaqalari chempionlarining hech biri «Rolan Garros-2026» yarimfinaliga chiqa olmadi

Tennis
3 iyun, 14:13
Bugun, 3 iyun kuni Parijda «Rolan Garros-2026» davom ettirildi.
«Katta dubulg‘a» musobaqalari chempionlarining hech biri «Rolan Garros-2026» yarimfinaliga chiqa olmadi
Foto: Gettyimages

Bugun, 3 iyun kuni Parijda «Rolan Garros-2026» davom ettirildi. 1/4 final o‘yinlari yakunlandi. Erkaklar va ayollar setkalaridan jami 16 nafar katta dubulg‘a musobaqalari chempionlari (5 erkak va 11 ayol) start olgandi. E’tiborli jihati, musobaqaning yarimfinaliga ularning hech biri chiqa olmadi.

Ikkinchi davraga yetti nafar tennischi (Sloan Stivens, Sofya Kenin, Emma Radukanu, Marin Chilich, Daniil Medvedev, Barbora Kreychikova, Sten Vavrinka) chiqa olmagan bo‘lsa, uchinchi davraga yana uch nafar (Yelena Ostapenko, Yelena Ribakina, Yannik Sinner) yetib bora olmadi, to‘rtinchi davra yo‘llanmasini ikki nafar (Kori Gauff, Novak Jokovich) qo‘lga kirita olmadi, 1/4 finalga yana uch nafar (Medison Kiz, Iga Shvyontek, Naomi Osaka) chiqa olmadi, yarimfinal oldidan so‘nggi chempion Arina Sobolenko ham musobaqadan chiqib ketdi.

Bugungi yangiliklar