Bugun
27
O'zbek

Kannavaro: «Bu yig‘inda asosiy e’tiborni kelajakka qaratdik. Bizda yosh yoki qari o‘yinchi degan tushuncha yo‘q»

Futbol
23 sentabr, 09:18
    20
Italiyalik mutaxassis yig‘inga chaqirilgan Muhammad Hakimov haqida ham fikr bildirdi.
Kannavaro: «Bu yig‘inda asosiy e’tiborni kelajakka qaratdik. Bizda yosh yoki qari o‘yinchi degan tushuncha yo‘q»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Eronga qarshi bahsda milliy jamoaga chaqirilgan Muhammad Hakimov maydonga tushadimi?

- Hakimovni jahon chempionatidan oldin ko‘rdim. Yosh bo‘lishiga qaramay, qo‘rqmasligi va kuchli shaxsiyatga ega. Bizning milliy jamoada yosh yoki qari degan tushuncha yo‘q. Bo‘lajak bahslarda qachondir maydonga tushishiga imkoniyat beramiz. Aytaylik, yosh o‘yinchilarning potensiali va iqtidori bo‘lsa, uni albatta yig‘inlarga jalb qilamiz. Yoshi katta futbolchilarga ham imkoniyat beramiz.

- Milliy jamoaga yoshlarni chaqirishda siz nimalarga e’tibor berasiz? Srechko Katanets bo‘yi past bo‘lgan o‘yinchilarni chaqirmasligini va bo‘ydorlarga imkoniyat berishini aytgandi...

- Erta tongdan turib, milliy jamoa uchun o‘zimcha o‘yinchilarni tanlamayman. Har doim kuchli va jamoaga yordam beradigan o‘yinchilarni jalb qilamiz. Chempionatda yaxshi o‘ynayotganlarni chaqiramiz. Kim kelgan bo‘lsa, ular bunga haqli. Kimlar chaqirilmagan bo‘lsa, buning o‘ziga yarasha sabablari bor.

Bu yig‘inning asosiy maqsadi kelajakka qaratilgan. Yangi chaqirilganlarni kelajak uchun taklif qildik. Unga e’tibor qaratmoqdamiz. Avvalgi murabbiy asosan 20-22 nafar o‘yinchi chaqirardi. Bu esa siz jurnalistlarga yoqmagan. Hozirgi holatda ko‘plab o‘yinchilarni ham yig‘inga chaqirayotganimizdan kamchilik topilmoqda. Ikrom Aliboyevga kelsak, u yaxshi futbolchi. Milliy jamoa eshiklari uning uchun ochiq. Takrorlayman, ushbu yig‘inning asosiy maqsadi kelajakka ko‘proq e’tibor qaratish. Men ham sizlarni hurmat qilaman. Sizlardan ham iltimos, mening qarorlarimni hurmat qiling», - deya matbuot anjumanini yakunladi Kannavaro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar