Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi bo‘lajak jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U raqibini muddatidan avval mag‘lub etishiga ishonch bildirmoqda.
«Albatta, mening maqsadim — jangni imkon qadar ertaroq yakunlashga harakat qilish. Mening mahoratim — raqiblarni ringga qulatish va ularni kanvasga mixlab qo‘yish. Bu borada kuchli ekanimga ishonaman. Men Fyurini 10 raund ichida tor-mor qilaman», — dedi Joshua.
Qayd etish lozim, Entoni Joshua va Tayson Fyuri o‘rtasidagi to‘qnashuv boks olamida uzoq vaqtdan beri kutilgan janglardan biri hisoblanadi. Ikki britaniyalik og‘ir vazn yulduzi o‘rtasidagi qarama-qarshilik avval ham bir necha bor muhokama qilingan, ammo turli sabablarga ko‘ra amalga oshmagandi.
Ma’lumot o‘rnida, Fyuri — Joshua jangi 11-dekabr kuni Uels poytaxti Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq ushbu jang bekor qilinishi mumkinligi ma’lum qilingandi.