Bugun
17
O'zbek

Jon: «Enrike va Santosning Braziliya tarkibida JCHga borish imkoniyati yuqori»

Futbol
29 mart, 08:11
«Zenit» yarimhimoyachisi hamyurtlari Duglas Santos va Luis Enrikening Fransiyaga qarshi o‘yiniga baho berdi.
Jon: «Enrike va Santosning Braziliya tarkibida JCHga borish imkoniyati yuqori»
Foto: Getty Images

«Zenit» yarim himoyachisi Jon Jon jamoadoshlari Duglas Santos va Luis Enrikening Braziliya milliy jamoasi safida Fransiyaga qarshi (1:2) o‘yinda harakatlariga baho berdi. Shu bilan birga ularning JCH-2026ga borish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Fransiya bilan o‘yinda Duglas Santos 71 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Enrike tanaffusdan keyin maydonga tushib, golli uzatma yetkazib berdi.

«Ular milliy jamoa safida ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Luisni golli uzatma bilan tabriklayman, u uchun bu Franitsyadek murakkab raqibga qarshi o‘yinda, juda muhim. Endi ularni Xorvatiyaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ishonchim komil, Luis ham, Duglas ham maydonga tushishadi. Jahon chempionatiga borish imkoniyatiga kelsak, har ikki futbolchining imkoniyatlarini ancha yuqori baholagan bo‘lardim», — dedi Jon Metaratings’ga.

Bugungi yangiliklar