Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Jon Duran ijara huquqi asosida «Benfika» safiga ko‘chib o‘tmoqda.
Insayderning yozishicha, shartnomada 22 yoshli futbolchini majburiy sotib olish borasida band yo‘q.
Duran 2025/26-yilgi mavsumning ikkinchi qismini Rossiyaning «Zenit» jamoasi safida o‘tkazdi. Ushbu klub safida 9 o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Forvardning «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali forvardning aktual transfer narxini 15 million yevroga baholamoqda.