Live
1
O'zbek

Jiru Fransiya klubidagi faoliyatini davom ettiradi

Futbol
2 iyun, 06:10
39 yoshli hujumchi «Lill» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Jiru Fransiya klubidagi faoliyatini davom ettiradi
Foto: Getty Images

Fransiyalik tajribali hujumchi Olive Jiru futbolchilik faoliyatini yakunlash niyatida emas.

L’Equipe xabariga ko‘ra, 39 yoshli forvard «Lill» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga yaqin turibdi.

Manbada aytilishicha, tomonlar hamkorlikni keyingi mavsum oxirigacha uzaytiradi.

Yakunlangan mavsumda Jiru «Lill» safida barcha turnirlarda 44 ta bahsda maydonga tushdi. Tajribali hujumchi ushbu o‘yinlarda 11 ta gol urib, 1 ta assist qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, «Lill» Fransiya chempionatini 61 ochko bilan 3-o‘rinda yakunlagan. Natijada jamoa kelasi mavsum UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
Bugungi yangiliklar