Janubiy Amerika mintaqasida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 16-tur bahslari yakunlandi.
Boliviya o‘z maydonida Chilini mag‘lub etgan bo‘lsa, Urugvay Venesueladan ustun keldi. Markaziy uchrashuvda esa mundial yo‘llanmasini allaqachon naqd qilgan Argentina Kolumbiya bilan durangga rozi bo‘ldi.
Shuningdek, Braziliya Paragvayni Vinisiusning yagona goli evaziga taslim etdi. Turning so‘nggi bahsida Ekvador Peru bilan murosaga imzo chekdi.
Shu tariqa, Braziliya va Ekvador jamoalari jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ikkala jamoa ham 25 ochkodan to‘plagan va mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni band etib turibdi.
Ular ikki turda mag‘lub bo‘lsa ham 6-pog‘onadan pastga tushib ketmaydi. Janubiy Amerikadan esa jahon chempionatiga 7 ta jamoa qatnashishi mumkin.
Qayd etish lozim, Ekvador o‘z tarixida 5-marta mundialda qatnashadigan bo‘lsa, Braziliya barcha jahon chempionatlarida ishtirok etgan yagona jamoa hisoblanadi.
JCh-2026 saralashi. Janubiy Amerika. 16-tur
Boliviya – Chili 2:0
Gollar: Migelito 5, Monteiro 90.
Chetlatishlar: Chaves 19 – Sierralta 55.
Urugvay – Venesuela 2:0
Gollar: Aguirre 43, Arraskaeta 47.
Argentina – Kolumbiya 1:1
Gollar: Almada 81 – Dias 24.
Chetlatishlar: Enso 70.
Braziliya – Paragvay 1:0
Gol: Vinisius 44.
Peru – Ekvador 0:0
Chetlatishlar: Franko 75.