Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi bahslari davom etmoqda.
L guruhida Xorvatiya o'z maydonida Chernogoriyani qabul qilib, javobsiz 4 ta gol urdi va peshqadamga aylandi.
40 yoshli Modrich 82 daqiqa o'ynab, jamoasining ilk goliga assistentlik qildi.
Xorvatiya saralashda 100 foizlik ko'rsatkich qayd etmoqda.
JCH-2026 saralashi. Yevropa
L guruhi. 6-tur
Xorvatiya — Chernogoriya 4:0
8 sentabr. Zagreb. «Maksimir»
Gollar: Jakich 35, Kramarich 51, Kuch 85 (avt), Perishich 90+2.
O'yindagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling: