Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun saralash bahslari davom etmoqda.
I guruhi yetakchisi Norvegiya o'z uyida Moldovani qabul qilib, 11 ta gol urdi. Holand penta-trikka erishgan bo'lsa, zaxiradan tushgan Osgor poker qayd etdi.
Vikinglar 100 foizlik ko'rsatkich bilan peshqadamlik qilishmoqda.
JCH-2026 saralashi. Yevropa
I guruhi. 6-tur
Norvegiya - Moldova 11:1
9 sentyabr. Oslo. «Ullevaal Stadion»
Gollar: Horn (6), Holand (11, 36, 43, 52, 83), Edegor (45+1), Osgor (67, 76, pen. 79, 90+1) — Ostigard (74, avtogol).
O'yindagi xavfli vaziyatlar va gollarni tomosha qiling: