Live
4
O'zbek

JCH-2026 saralashi. Niderlandiya Litvada qiyin g'alabaga erishdi, Shimoliy Makedoniyada 5:0

Futbol
7 sentabr, 14:00
Depay dublga erishdi, makedoniyaliklar esa oʻz guruvida peshqadamga aylandi.
JCH-2026 saralashi. Niderlandiya Litvada qiyin g'alabaga erishdi, Shimoliy Makedoniyada 5:0
Foto: OnsOrange
07.09.2025 FT JCH. Saralash. Yevropa Litva Litva 2 : 3 Niderlandiya Niderlandiya

Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi bahslari davom etmoqda.

G guruhi yetakchisi Niderlandiya (10) Litvada (3) oʻtgan gollarga boy bellashuvda gʻalaba qozondi. Depay dublga erishib, Niderlandiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurgarga aylandi.

J guruhida esa Shimoliy Makedoniya (11) Lixtenshteyn (0) darvozasiga javobsiz 5 ta toʻp kiritib, 1-oʻringa koʻtarilib oldi.

JCH-2026 saralashi. Yevropa. 7 sentabr
G guruhi. 5-tur
Litva — Niderlandiya 2:3
Gollar: Gineytis (36), Girdvainis (43) — Depay (11, 64), K.Timber (33).
Litva — Gertmonas, Lekyatas, Girdvainis, Armalas, Upstas (Beneta, 50), Antanavichyus (Vorobyovas, 46), Gineytis, Lasichaskas, Sirgedas (Golubichkas, 67), Yansonas (Paulauskas, 46), Doljnikov (Magdushauskas, 76).
Niderlandiya — Verbruggen, Dumfris, de Vrey (Y.Timber, 62), van Deyk, Ake (van de Ven, 62), Shuten, K.Timber, Malen (de Ligt, 88), Reynders (Steyn, 62), Gakpo, Depay (Vegorst, 83).
Ogohlantirish: Lasichaskas (28).

J guruhi
Shimoliy Makedoniya — Lixtenshteyn 5:0
Gollar: Elmaz (15), Bardi (52), Churlinov (56), Qamili (82), Stankovski (90).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Litva Litva
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • JCH. Saralash. Yevropa JCH. Saralash. Yevropa
Bugungi yangiliklar