Live
1
O'zbek

Depay van Persini ortda qoldirib, Niderlandiya tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Futbol
7 sentabr, 13:35
31 yoshli hujumchi Litvaga qarshi JCH-2026 saralashi o'yinida hisobni ochdi.
Depay van Persini ortda qoldirib, Niderlandiya tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi
Foto: Getty Images
07.09.2025 FT JCH. Saralash. Yevropa Litva Litva 2 : 3 Niderlandiya Niderlandiya

Memfis Depay Niderlandiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.

«Korintians»ning 31 yoshli hujumchisi JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Litvaga (2:2 — birinchi bo'limdan so'ng) qarshi bahsda hisobni ochdi. U 11-daqiqada Kodi Gakponing uzatmasidan so'ng to'p kiritdi.

Bu Depay uchun Niderlandiya safidagi 104-o'yinda 51-gol bo'ldi. Natijada u 102 o'yinda 50 ta gol urgan Robin van Persini ortda qoldirib, mutlaq rekordchiga aylandi.

Memfis faoliyati davomida «Atletiko», «Barselona», «Lion», «Manchester Yunayted» va PSV kabi klublarda ham o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Litva Litva
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • JCH. Saralash. Yevropa JCH. Saralash. Yevropa
Bugungi yangiliklar