Bugun
7
O'zbek

JCH-2026 saralashi. Germaniya va Belgiya gʻalaba qozondi, Fransiyada durang, Qozogʻiston mundialga bormaydi

Futbol
13 oktabr, 16:45
APLning qimmat hujumchilariga ega Shvetsiya Kosovoga yutqazib, jahon chempionatiga borish imkoniyatini deyarli yoʻqotdi.
JCH-2026 saralashi. Germaniya va Belgiya gʻalaba qozondi, Fransiyada durang, Qozogʻiston mundialga bormaydi
Foto: Getty Images
13.10.2025 FT JCH. Saralash. Yevropa Uels Uels 2 : 4 Belgiya Belgiya

Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bahslari davom etmoqda.

A guruhida Germaniya (9) Shimoliy Irlandiyani (6), Slovakiya (9) Lyuksemburgni (0) mag'lubiyatga uchratdi.

B guruhida Shveytsariya (10) ilk ochkosini Sloveniyada (3) yoʻqotdi. Shvetsiya (1) uyida Kosovoga (7) yutqazib qoʻydi va mundialga chiqish imkoniyatini deyarli yoʻqotdi.

D guruhida Mbappesiz Fransiya (10) Islandiya (4) maydonida jangovar durang qayd etdi. Ukraina (7) Ozarboyjondan (1) ustun keldi.

J guruhida Shimoliy Makedoniya (13) Qozogʻistonni (7) yengolmadi va peshqadamlikni Uels (10) ustidan gʻalaba qozongan Belgiyaga (14) topshirdi. Qozogʻiston mundialga borish imkoniyatini rasmiy yoʻqotdi.

JCH-2026 saralashi. Yevropa
4-tur. 13 oktabr
A guruhi
Shimoliy Irlandiya — Germaniya 0:1
Gol: Voltemade (31).
Germaniya — Baumann, Kimmix, Ta, Shlotterbek, Raum, Pavlovich (Anton, 86), Goretzka, Gnabri (Andrich, 86), Virtz (Baku, 90+2), Adeyemi (Bayer, 64), Voltemade (Shtiller, 90+2).

Slovakiya — Lyuksemburg 2:0
Gollar: Obert (55), Shranz (72).

B guruhi
Sloveniya — Shveytsariya 0:0

Shvetsiya — Kosovo 0:1
Gol: Aslani (32).

D guruhi
Islandiya — Fransiya 2:2
Gollar: Palsson (39), Hlinsson (70) — Nkunku (63), Mateta (68).
Fransiya — Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Din, Toven (Akliush, 64), Kamavinga (K.Tyuram, 75), Kone, Olise, Nkunku (Koman, 75), Mateta (Ekitike, 89).

Ukraina — Ozarboyjon 2:1
Gollar: Gutsulyak (30), Malinovskiy (64) — Mikolenko (45+3, avtogol).

J guruhi
Uels — Belgiya 2:4
Gollar: Rodon (8), Brodhead (89) — De Bruyne (18 penalti, 76 penalti), Menie (24), Trossar (90).
Uels — Darlou, Tomas, Kabango, Rodon, Devis (Brodhed, 72), Uilyms, Uilson, Ampadu, Jeyms (Dasilva, 86), Bruks (Jonson, 58), Harris (Mur, 86).
Belgiya — Kurtua, Menie, Teate (Mexle, 81), Debas, De Kuyper (Kastan, 60), Raskin, Onana (Vanaken, 69), Doku, De Bruyne (Vitsel, 81), De Ketelare (Fofana, 81), Trossar.

Shimoliy Makedoniya — Qozogʻiston 1:1
Gollar: Bardi (74) — Karaman (54).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Uels Uels
  • Belgiya Belgiya
  • JCH. Saralash. Yevropa JCH. Saralash. Yevropa
Bugungi yangiliklar