"Bolonya" bosh murabbiyi Vinchenzo Italyano "Napoli" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Neapol klubi 48 yoshli mutaxassisning faoliyatini bir necha yildan buyon kuzatib kelmoqda. Shuningdek, "Bornmut" va "Milan" kabi boshqa jamoalar ham Italyanoga qiziqish bildirmoqda. Uning "Bolonya" bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.
Ma'lumot o'rnida, Vinchenzo 2024 yilda "Bolonya"ni boshqarishni boshlagan. O'tgan mavsumda u jamoa bilan Italiya kubogini qo'lga kiritgan.
Avvalroq "Napoli" Konte o'rniga Mareskani olib kelmoqchi ekani ma'lum qilingandi.