Bugun
12
O'zbek

Islom To‘xtaxo‘jayev avtomobilini Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

Futbol
11 iyun, 10:52
Tajribali himoyachi saralashda o‘zidan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan hujumchiga avtomobilini topshirdi.
Usman Ibodov
Usmon Ibodov Editor
Islom To‘xtaxo‘jayev avtomobilini Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Foto - O'FA
10.06.2025 FT JCH. Saralash. Osiyo O‘zbekiston O‘zbekiston 3 : 0 Qatar Qatar

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga sovg‘a qilingan BYD Song Plus Champion gibrid avtomobilini jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolariga jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani uchun BYD avtomobillari sovg‘a qilindi. Mashinalar kalitini shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarga topshirdi.

Qayd etish joiz, Bobur Abduxoliqov mundial saralashining so‘nggi bosqichida O‘zbekiston safida 4 ta o‘yinda qatnashdi, u Shimoliy Koreyaga qarshi bahsda assistni amalga oshirgan bo‘lsa, BAA bilan o‘yinda penalti ishlashga muvaffaq bo‘lgandi. OKMK a’zosi Islom To‘xtaxo‘jayev esa milliy jamoaning so‘nggi ikki o‘yiniga chaqirilgandi. Ammo davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatidan Abduxoliqov emas, balki To‘xtaxo‘jayev o‘rin olgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanez esa o‘ziga sovg‘a qilingan BYD’ni milliy jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga sovg‘a qilgani xabar qilingan bo‘lsa, keyinroq bu o‘z tasdig‘ini topmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Qatar Qatar
  • JCH. Saralash. Osiyo JCH. Saralash. Osiyo
Bugungi yangiliklar