Live
1
O'zbek

Iroq Boliviyani mag‘lub etib, JCH–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol
1 aprel, 01:01
Osiyo vakili hal qiluvchi bahsda ustun kelib, mundialning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Iroq Boliviyani mag‘lub etib, JCH–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images

Iroq milliy jamoasi qit’alararo pley-off finalida Boliviyani mag‘lub etib, JCH–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Monterreydagi «Estadio BBVA» stadionida o‘tgan bahsda iroqliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Iroq safida Ali Al-Hamadi va Aymen Husayn gol urdi, Boliviya tarkibida esa Moyses Paniagua hisobni tenglashtirgan edi.

Shu tariqa Iroq mundialning 48-jamoasi sifatida turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Iroq I guruhida Fransiya, Senegal va Norvegiya bilan o‘ynaydi.

JCH–2026. Pley-off, final.
Iroq — Boliviya 2:1
Gollar: Al-Hamadi 10, Husayn 53 — Paniagua 33.

Iroq: Bazil Ahmad, Ali Husayn, Tahsin Zaid, Hashem Akam, Doski Merxauz, Bayesh Ibrohim (Kevin Yakob, 84), Amin Yussef (Marko Farji, 52), Sher Aymar (Ismoil Zaid, 53), Amir Al-Ammari, Ali Al-Hamadi (Ali Jasim, 67), Aymen Husayn (Meme, 63).
Boliviya: Gilermo Viskarra, Daniel Medina (Lukas Makazaga, 67), Luis Akin, Efreyn Morales, Roberto Fernandes, Robson Mateus, Ramiro Vaka (Nava, 70), Gabriel Vilyamil, Migel Terseros, Moyses Paniagua, Xuan Godoy.

Bugungi yangiliklar