«Ipsvich Taun» Chempionship yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasiga yo‘l oldi.
Qayd etilishicha, jamoa 46 turdan keyin 84 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori divizionga chiqdi. «Ipsvich» eng yaqin ta’qibchisi «Milluoll»ni atigi bir ochkoga ortda qoldirdi.
Chempionat g‘olibi esa 95 ochko bilan «Koventri Siti» bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «Ipsvich» o‘tgan mavsum yakunida APLdan tushib ketgandi va oradan bir yil o‘tib yana elitaga qaytdi.
Ma’lumot uchun, uchinchi yo‘llanma uchun pley-offda «Milluoll», «Sautgempton», «Midlsbro» va «Hall Siti» bahs olib boradi.