Bugun
8
O'zbek

IFAB «Venger ofsaydi», VAR vakolatlarini kengaytirish va jarohat qoidasi bo‘yicha o‘zgarishlarni muhokama qiladi

Futbol
30 dekabr, 06:36
IFAB «Venger ofsaydi», VAR vakolatlarini kengaytirish va jarohat qoidasi bo‘yicha o‘zgarishlarni muhokama qiladi
Foto: Getty Images

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) futbol qoidalariga tegishli muhim yangiliklarni muhokama qiladi. As nashri xabariga ko‘ra, 20-yanvar kuni Londonda o‘tkaziladigan yillik yig‘ilishda uchta asosiy mavzu ko‘tariladi: ofsayd talqinini o‘zgartirish, VAR vakolatlarini kengaytirish va jarohat olgan futbolchilar uchun maydonni ikki daqiqaga tark etish qoidasi.

Arsen Venger ilgari surgan tashabbusga ko‘ra, agar futbolchining gol urishga ruxsat etilgan tana qismidan bir bo‘lagi bo‘lsa ham oxirgi himoyachi bilan bir chiziqda yoki undan orqada joylashgan bo‘lsa, ofsayd qayd etilmasligi taklif qilinmoqda. «Ofsayd» esa faqat futbolchi butunlay raqib darvozasi tomon oldinga chiqib ketgan taqdirdagina belgilanadi.

Shuningdek, VARga burchak zarbalari bilan bog‘liq holatlarda va ikkinchi sariq kartochka epizodlarida ham aralashuv huquqini berish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Qatarda o‘tkazilgan Arab Kubogida sinovdan o‘tkazilgan yana bir qoida ham muhokama qilinadi: jarohat olgan va tibbiy yordam olgan futbolchi, agar raqib kartochka olmagan bo‘lsa, maydonni majburiy ravishda ikki daqiqaga tark etishi kerak bo‘ladi.

IFAB ushbu takliflarni yanvarda muhokama qiladi, yakuniy qaror esa fevral oyida Uelsda o‘tkaziladigan Bosh Assambleyada qabul qilinishi mumkin. Agar tasdiqlansa, yangi qoidalar 2026/27 yilgi mavsumdan kuchga kirishi kutilmoqda.

Bugungi yangiliklar