Live
6
O'zbek

Ibrahimovich: «Farzandlarimga futbol o'ynamaslikni maslahat bergandim»

Futbol
12 oktabr, 09:12
Shvetsiyalik sobiq futbolchi oilasi haqida gapirdi.
Ibrahimovich: «Farzandlarimga futbol o'ynamaslikni maslahat bergandim»
FOTO: Getty Images

Shvetsiyalik sobiq futbolchi Zlatan Ibrahimovich farzandlari haqida fikr bildirdi.

«Ularning otasi tarix yozgan inson. Bu ular uchun oson emas, chunki odamlar allaqachon ularni men orqali baholashadi. Men ularga futbol o'ynamaslikni maslahat bergandim, lekin hammasi aksincha boʻldi (kuladi)», — dedi Ibrahimovich.

Shvetsiyalik afsona, shuningdek, farzandlariga xotinining familiyasini berishga qaror qilganini aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu qaror bolalarning shaxsiy hayotini himoya qilish va ular ustidagi jamoatchilik bosimini kamaytirish maqsadida qabul qilingan.

Maʼlumot uchun, Zlatan Ibrahimovich faoliyati davomida «Barselona», «Milan», «Inter» va «PSJ» kabi Yevropaning grand jamoalarida toʻp surgan. U Italiya chempionatida besh karra, Fransiyada toʻrt karra chempion boʻlgan. Shuningdek, La Liga va Yevropa ligasida ham bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.

Bugungi yangiliklar