Live
3
O'zbek

Grosso – "Fiorentina" bosh murabbiyi

Futbol
8 iyun, 12:37
Kelishuv 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Grosso – "Fiorentina" bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Fabio Grosso "Fiorentina" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

48 yoshli murabbiyning "binafsharanglilar" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Grosso 2024 yildan beri "Sassuolo" klubini boshqarib kelayotgan edi. Bungacha u "Lyon", "Frosinone", "Brescia", "Verona", "Bari" klublarida hamda "Juventus"ning yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Yakunlangan A Seriya mavsumida "Fiorentina" Paolo Vanoli qo'l ostida turnir jadvalida 15-o'rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar