«Everton» himoyachisi Vitaliy Mikolenko jamoa bilan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi.
Yangi bitim shartlariga ko'ra, Ukraina milliy jamoasi futbolchisi «irislar» sharafini 2029 yilning yoziga qadar himoya qiladigan bo'ldi.
27 yoshli Mikolenko ingliz klubi safiga 2022 yilda Kiyevning «Dinamo» jamoasidan kelib qo'shilgan edi.
Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assistni qayd etdi.
«Everton» 49 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 13-o'rinni egallagan edi.