Germaniya kubogining ikkinchi yarimfinalida «Shtutgart» o'z maydonida «Frayburg»ga qarshi o'ynadi.
Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Qo'shimcha bo'limlarning oxirida esa mezbonlar safida Tomash g'alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Shtutgart» Germaniya kubogi finaliga yo'llanma oldi. Endilikda ular g'oliblik yo'lida 23 may kuni «Bavariya» bilan to'qnash keladi.
Germaniya kubogi. Yarimfinal
Shtutgart – Frayburg 2:1
Gollar: Unddav 70, Tomash 120 – Eggeshteyn 28
Shtutgart – Nyubel, Endriks, Chabot, Mittelstadt, Leveling, Qorazor, Stiller, Fursh, Nartey, Demirovich (Tomas, 91), Undav.
Frayburg – Myuller, Treu, Ginter, Lienhart, Makengo, Eggeshteyn, Manzambi, Beste, Suzuki, Grifo, Matanovich (Holer, 84).